Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Fuqarolar murojaatlari tinglandi, oilaviy qadriyatlar va ma’naviyat masalalari muhokama qilindi

Fuqarolar murojaatlari tinglandi, oilaviy qadriyatlar va ma’naviyat masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati I.Sagdullayev va “Xastimom” MFY raisi S.Yaxyayeva hamda yettilik vakillari tomonidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning ijtimoiy, maishiy va oilaviy hayot bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.

💡Uchrashuvda asosan ayollar bandligini ta’minlash, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, maishiy va infratuzilmaga oid muammolar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi. Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi oilalarning ijtimoiy holati, yoshlar bandligi hamda oilaviy muhit masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍Jumladan, o‘rganish jarayonida 1 nafar oilada oilaviy kelishmovchilik sabab ajrim holati yuzaga kelganligi aniqlanib, ushbu oilaning muammosini ijobiy hal etish maqsadida profilaktik suhbatlar tashkil etildi. Deputat, mahalla raisi hamda mutasaddilar tomonidan oila a’zolari bilan individual muloqot olib borilib, oilani saqlab qolish, farzandlar manfaatini himoya qilish hamda o‘zaro totuvlikni mustahkamlash yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Oila mustahkamlanib, ajrim holati olindi hamda oila saqlanib qolishi natijasiga erishildi.

📌 Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish hamda aholining turmush farovonligini oshirish borasida hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5