Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich o‘zi saylangan okrug hududidagi “Samarobod” MFYga tashrif buyurib mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida deputat “Samarobod” MFY ijtimoiy xodimining faoliyatini o‘rgandi. Xususan, hududda yashovchi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boshqa ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilli va maqsadli tashkil etilgani yuzasidan nazorat-tahlil olib borildi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar doirasida 4 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 4 ta xonadonga kiyim-kechak yetkazib berilgani, 37 nafar fuqaroga gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya ajratilgani, 5 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlangani hamda 4 nafar fuqaroga psixologik xizmat ko‘rsatilgani qayd etildi. Uchrashuv yakunida MFY “yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.  

Slide 1 of 4