Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
AHOLI MUROJAATLARIGA E’TIBOR

 ✅Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 6-Begmurod saylov okrugidan deputat Dilmurodjon Abdurazaqov “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “mahalla yettiligi” ish faoliyati hamda aholi murojaatlarini o‘rgandi. 

✅O‘rganuvda asosiy diqqat-e’tibor: yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar va aholi bandligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar, ijtimoiy ehtiyojmandlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holatlariga qaratildi. Shuningdek xonadonlar ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalar hamda mahalla ichki yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llarining qatnov xavfsizligi masalalari deputat e’tiborida bo‘ldi. 

✅Aholi murojaatlari o‘rganilganda: hududda joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Andijon-Qo‘qon A-373 avtomobil yo‘li yoqasida joylashgani, bu esa, o‘qituvchi-o‘quvchilar va fuqorolar uchun noqulay ob-havo sharoitida va turli avtomobillar piyodalar yo‘lagiga tartibsiz qo‘yilishi oqibatida piyodalar harakatlanishi uchun qiyinchiliklar tug‘dirayotgani aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Avtomobil yo‘li chetidagi piyodalar yo‘lagini maxsus to‘siq bilan ajratilib, asfalt yotqizish bo‘yicha aholi vakillari amaliy yordam so‘raganlar. 

✅Deputat tomonidan “mahalla yettiligi” xodimlariga faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Aholi murojaati yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovlari yuboriladi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1