Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi

O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan tadbirlar hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hudud obodonchiligi borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida: 

- Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash;

- Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;

- Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya yordami;

- Uy-joyni ta’mirlash, shu jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash;

- Kommunal xarajatlarni qoplash;

- Kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni qoplash;

- Ko‘mir yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash;

- Yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan uy-joylarni tiklash va ta’mirlash xarajatlarini qoplash;

- Fuqarolarning, xususan, bolalarning shaxsga doir hujjatlarini rasmiylashtirish uchun shaxslarning kelib chiqishini aniqlashga doir tadbirlar xarajatlarini qoplash;

- Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash masalalar ham atroflicha o‘rganildi.

Yakunda aholi farovonligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.