Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

👥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, viloyat Kengashi deputatlari Sh. Xolliyeva, M. Narbasheva hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 6-Navbur-Dehqonariq saylov okrugi deputati M.Madarqulov ishtirokida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan Dehqonariq mahallasi “yettiligi” bilan suhbat o‘tkazildi.

🏡 Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

💬 Ochiq muloqot jarayonida mahalla faollari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

📊 Shuningdek, deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirish, joylarda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🤝 Bu kabi uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqotni mustahkamlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5