Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat M.Naimova tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov bilan birgalikda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan Vobkent tumanida mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi yuzasidan 2026-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tumandagi “Istiqlol” MFYda oʻrganish ishlarini olib bordi.

2026-yil I choragi davomida “Istiqlol” MFYning taklif va buyurtmalariga asosan tegishli mablagʻlar “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan belgilangan tartibda xarajat qilish uchun sarflangan.

Jumladan;

-mahalla binosida energiya tejovchi texnologiyalardan keng foydalanish hamda energiya samaradorligi taʼminoti yaxshilash uchun 5 kvt quyosh paneli xarid qilingan;

-mahallaning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash hamda “Mahalla yettiligi” aʼzolarining samarali ish faoliyatini yuritishga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularga 1 ta konditsioner olingan;

mahalla hududlarida koʻchalarning kechgi vaqtlarda xavfsizligini taʼminlash maqsadida 10 dona quyosh panelli elektr tejamkor koʻcha chiroqlarini xarid qilinganligi hamda mazkur amalga oshirilgan ishlar boʻyicha daftar yuritilgan, dalolatnomalar mavjudligi aniqlandi. 

Slide 1 of 5