Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
16-Mustaqillik saylov okrugi deputati M.Kazakova “Xo‘jaobod” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi faoliyatini o‘rganib chiqdi.

#24_ta_masala 

#Deputat_faoliyati 

16-Mustaqillik saylov okrugi deputati M.Kazakova “Xo‘jaobod” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi faoliyatini o‘rganib chiqdi.

Tashrif davomida deputat mahalla raisi tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda 2026 yilning 1-choragi davomida bajarilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mahallada “Open Budget” dasturi doirasida aholining faol tashabbusi asosida g‘olib bo‘lgan loyiha futbol maydoni qurilishi rejalashtirilgani qayd etildi. Bu esa yoshlar uchun sport infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida aholini qiynayotgan dolzarb muammolar ham muhokama qilindi. Jumladan, “Toza hudud” tashkiloti tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilmasligi natijasida sanitariya holati yomonlashayotgani, ayniqsa issiq ob-havo sharoitida bu muammo yanada keskinlashib, turli kasalliklar tarqalish xavfini oshirayotgani bildirildi.

Shuningdek, gaz ballon ta’minotidagi kechikishlar ham jiddiy muammo sifatida qayd etildi. Ayrim hollarda gaz ballonlar 90 kundan ortiq vaqt davomida ham yetkazib berilmayotgani, bu esa ayniqsa kam ta’minlangan oilalar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani aytildi.

Deputat M. Kazakova mahalla raisi faoliyatini o‘rganish jarayonida mavjud muammolarni joyida tahlil qilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3