Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
“Chegarachi” mahallasida deputat o‘rganishlar olib bordi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev kunlik Ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati A.Ismailov saylangan 23-Chegarachi saylov okrugiga qarashli “Chegarachi” mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan suhbat o‘tkazib, o‘rganishlar olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi KQ-35–V-sonli Qarorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish uchun mahallada deputatlar bilan “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, aniqlangan hamda fuqarolar qabullari jarayonida ko‘tarilgan turli masalalarga doir muammolarni hal etish choralari birgalik ko‘rib borib, aholini rozi qilish maqsadida doimiy muloqotlar o‘tkazilinmoqda.

Suhbatlar davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar ham muhokama qilindi. Mahalla hududini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

O‘rganish jarayonida mahallada olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlash hamda xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash borasidagi holatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2