Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida

Mahallaning ichki yo‘llari holati deputat nazoratida

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “6-Xondamir” okrugi deputati Azizov Kamolidin Tulyaganovich tashabbusi bilan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish maqsadida “Xondamir” mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

 🇺🇿 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, Toshkent shahar IIBB YHXB 4-batalyon 3-safarbarlik guruhi komandiri Mahamadjonov Sardor Doniyorovich hamda Toshkent shahar IIBB YHXB 4-batalyon YINQB katta muhandisi Yo‘ldoshev Elbek Ziyodulla o‘g‘li ishtirok etdi.

 ✅ O‘rganish jarayonida Istirohat mahallasi hududidagi 38-maktab hamda unga tutash DMTT tashkiloti oldidan o‘tuvchi Xondamir ko‘chasiga kirishni taqiqlovchi yo‘l belgisi mavjud bo‘lishiga qaramay, ayrim haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilayotgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan fuqarolar tomonidan deputatning hisobot uchrashuvlarida murojaatlar bildirilgani ushbu o‘rganishga asos bo‘ldi.

 📁 Mas’ullar tomonidan joyning o‘zida muammoni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirildi. Xususan, kunning tig‘iz vaqtlarida yo‘l harakatini tartibga solish maqsadida patrul xizmati joriy etilishi belgilandi hamda zarur yo‘l belgilari o‘rnatilishi ko‘zda tutildi.

 📊 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, mazkur masala deputatning doimiy nazoratiga olindi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan monitoring ishlari muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 8