Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi A.Mahkamov olib bordi. Unda shuningdek, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Ta’kidlanganidek, markaz faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda mahallalarda ijtimoiy xodimlar tomonidan 100 dan ortiq turdagi xizmat va yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ijtimoiy reyestr asosida oilalar “davlat ta’minotidagi”, “kambag‘al” hamda “kambag‘allik chegarasidagi” toifalarga ajratilib, ularga mos ravishda manzilli yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, shaharda minglab oilalar bolalar nafaqasi va moddiy yordam bilan qamrab olingan. Shuningdek, Ramazon oyi munosabati bilan 5 mingdan ortiq oilaga bir martalik moddiy yordam ajratilgan.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga reabilitatsiya vositalari yetkazib berish, kunduzgi parvarish maskanlarini tashkil etish, yolg‘iz keksalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilish davomida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, uy-joy, davolanish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi ishlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda, jarayonda bo‘lgan arizalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish hamda ehtiyojmand fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 4