Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputat nazorati

 Sport maydonchalari — sog‘lom hayot garovi 

Yurtimizda aholi, ayniqsa yoshlarni
sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ular uchun munosib sharoitlar yaratish borasida
izchil amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada joylardagi sport infratuzilmasining
holatini o‘rganish va uni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Ana shu maqsadda Xalq deputatlari tuman
Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Mirzohid Komilov
tuman kengashi kotibiyati mutasaddilari Madhiya Nishanova va Gulruh Erkinova ishtirokida
o‘z okrugi — “Telov” hududida joylashgan sport maydonchalarining holatini o‘rgandi.
 

O‘rganish jarayonida sport maydonchalarining
texnik holati, tozaligi, jihozlanganlik darajasi hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar
atroflicha ko‘zdan kechirildi. Inshootlarning foydalanishga yaroqliligi, xavfsizlik
talablariga javob berishi va aholiga qulaylik darajasi tahlil qilindi.
 

Shuningdek, mazkur sport maydonchalaridan,
ayniqsa yoshlar tomonidan samarali foydalanilayotgani alohida qayd etildi. Ularning
bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush
tarzini shakllantirishda ushbu infratuzilmaning o‘rni muhim ekani ta’kidlandi.
 

O‘rganishlar asnosida ayrim kamchilik
va muammolar ham aniqlandi. Xususan, ayrim jihozlarni yangilash, sanitar holatni
yaxshilash va maydonchalardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurati qayd
etildi. Mazkur masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 2