Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi

2026-yil 16-aprel kuni Tuproqqal’a tumani xalq deputatlari Kengashi tomonidan muhim qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, tumanda obodonlashtirish xizmatlarini tartibga solish hamda ichki ko‘chalarni saqlash va ta’mirlash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi tariflar tasdiqlandi. 

Qarorga asosan, Tuproqqal’a tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga biriktirilgan tuproq ko‘chalarni shag‘allashtirish va ta’mirlash, shuningdek maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlari uchun to‘lov miqdorlari belgilandi. Ushbu xizmatlar tadbirkorlik subyektlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, unda mahalliy byudjetlar barqarorligini oshirish va moliyaviy intizomni kuchaytirish masalalari belgilangan.

Asosiy yo‘nalishlar:

  • markaziy ko‘chalardagi tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
  • chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini rivojlantirish;
  • ichki tuproq ko‘chalarni bosqichma-bosqich shag‘allashtirish va ta’mirlash;
  • tasdiqlangan tariflarning yagona tartibda qo‘llanilishini ta’minlash.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, xizmatlardan foydalanuvchi subyektlarga tariflar haqida to‘liq axborot yetkazilishi, hamda xizmatlardan foydalanish ixtiyoriy asosda amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va uning ijrosi ustidan nazorat tegishli doimiy komissiya zimmasiga yuklatilgan.

Slide 1 of 3