Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
#jarayon

#jarayon

#Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi

📍Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Dushayeva tomonidan 72-umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi. Tashrif davomida maktabda yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🖋Deputat bevosita o‘qituvchilarning dars o‘tish uslubi, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish darajasi hamda o‘quvchilarning faolligi va bilim olishga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tiborga olindi.

🖋Shuningdek, o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. O‘qituvchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

📚Bundan tashqari, maktab kutubxonasi faoliyati ham o‘rganilib, undagi kitob fondi, yaratilgan sharoitlar va o‘quvchilarning kutubxonadan foydalanish darajasi ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish maqsadida kutubxona faoliyatini yanada faollashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📖Deputat tomonidan o‘quvchilarni darsdan tashqari vaqtlarda kutubxonaga jalb etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda turli ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3