Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
#jarayon

#Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi o'rganildi

📍Tuman hududida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani ta’minlash maqsadida tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi raisi R.Djumanova, MFY raisi hamda hokim yordamchisi tomonidan tuman hududidagi Aranchi MFYda mavjud ichki ko‘cha yo‘llari holati atroflicha o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, yo‘l qoplamasining yaroqsiz holga kelgani, shuningdek, ko‘chalar tunda yetarli darajada yoritilmaganligi kabi muammolar aniqlandi. Bu esa aholining kundalik harakatlanishida noqulayliklar tug‘dirishi bilan birga, yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelish xavfini ham oshirayotgani ta’kidlandi.

🔹Mutasaddilar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, ko‘chalarni zamonaviy yoritish tizimlari bilan jihozlash, shuningdek, xavfli hududlarda qo‘shimcha yo‘l belgilari va svetoforlar o‘rnatish bo‘yicha takliflar berildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3