Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
SHAHAR TA’LIM MUASSASALARIDA PF-71-SON FARMON IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISHLAR BOSHLANDI

Prezidentimizning 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Farmonga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari va ularning mas’ul doimiy komissiyalari tomonidan har oy bitta soha tanlab olinib, u yerda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash va bu yuzadan tegishli takliflarni taqdim etish belgilangan.

Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi hamda bir guruh deputatlar shahardagi 20-son maktabida o‘rganish ishlari olib borishdi. O‘rganish davomida maktab hojatxonasi, oshxonasi, chiqindi yig‘ish shaxobchasi hamda sport zali ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan maktab ma’muriyati hamda tegishli tashkilotlarga dastlabki tarzdagi ogohlantirishlar berildi.

Shuningdek, maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun taqdim etilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarini qabul qilish jarayoni ham o‘rganilib, maxsulotlar sifati tahlil qilindi. Olib kelingan olma maxsulotining ayrimlari sifatsizligi aniqlanib, shu kunning o‘zida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.

O‘rganish yakunida maktab direktori, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, xo‘jalik bo‘limi
mudiri, menedjer va boshqa xodimlarni to‘plagan holda korrupsiyaviy huqubuzarliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘luvchi holatlar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.