Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Shayimova Xalnisa Yakubovna hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Xasanova Muxtarama Urishovna tomonidan Boyovut tumanidagi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi faoliyati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlar Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan media-rejasida belgilangan vazifalarga muvofiq, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi poligonlari holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini tahlil qilish maqsadida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida korxonada jami 34 nafar xodim faoliyat yuritayotgani, 1 ta yuk ortuvchi shtati vakant ekanligi aniqlandi. Mavjud 10 ta maxsus texnikaning 9 tasi hududlarda xizmat ko‘rsatishda band bo‘lib, 1 tasi nosoz holatga kelib, ta’mirlangan. Shuningdek, korxonaga 2 ta yangi maxsus avtomashina olib kelingan.

Aholi tomonidan shakllangan qarzdorlik 1 mlrd 600 mln 19 ming so‘mni tashkil etib, unda sun’iy qarzdorlik holatlari ham mavjudligi qayd etildi. Yangi rahbar tayinlangach, korxonada ish muhitida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, bir qator muammolar ham aniqlandi:

— xodimlarga mart oyi uchun ish haqi to‘lanmagan;

— gigiyena xonasi qurilishi yakuniga yetkazilmagan;

— ehtiyot qismlar ta’minotida uzilishlar mavjud;

— Uchturgon mahallasi hududida joylashgan chiqindi poligoni qisman o‘ralgan bo‘lib, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob bermaydi.

Slide 1 of 6