Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

Marg‘ilon shahrida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari A.Mahkamov va Sh.Madaminova tomonidan 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli loyihalar ro‘yxati asosida joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar jarayonida hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning holati, ularning aholi bandligini ta’minlash va xizmatlar sifatini oshirishdagi ahamiyati alohida e’tiborga olindi. Xususan, yakka tartibdagi tadbirkor Solijonov Sanjarbek Saydullo o‘g‘li tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan kuzatuv kameralarini ta’mirlash va o‘rnatish xizmatiga ixtisoslashgan loyiha ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 150 million so‘mni tashkil etib, uni joriy yilning uchinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida dastlab 4 nafar ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu hududda aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ushbu xizmat turining yo‘lga qo‘yilishi shahar hududida xavfsizlik tizimlarini yanada takomillashtirish, zamonaviy kuzatuv vositalariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlar tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2