Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Choriyeva Mahliyo ham ishtirok etdi. O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, u bilan suhbat olib borildi. Yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, xotin-qizlar masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, 4 ta oilada yarashtirish ishlari samarali tashkil etilgani qayd etildi. Bu boradagi ijobiy tajribalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi. Bundan tashqari, mahallada aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida olib borilgan ishlar natijasida 13 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangani alohida ta’kidlandi. O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud ijobiy tajribalarni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1