Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
TINCHLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLINING ISH SAMARADORLIGI OʻRGANILDI

 TINCHLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLINING ISH SAMARADORLIGI OʻRGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati G.Oʻktamova hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi A.Fozilovlar tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻinida
faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faolining ish samaradorligi oʻrganildi. 

Bunda asosiy eʼtibor mahalla xotin-qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularni
tadbirkorlikka jalb etish, bandligini taʼminlash, muammolarini oʻz vaqtida
aniqlash va hal etish, shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash
holatiga qaratildi. 

Oʻrganish jarayonida xotin-qizlar faolining aholi bilan samarali muloqot olib borishi,
ularning murojaatlarini tizimli ravishda oʻrganish va tegishli tashkilotlar
bilan hamkorlikda hal etish borasidagi ishlari tahlil qilindi. 

Shuningdek, deputat tomonidan 2020-yilning birinchi choragi davomida mahallada
xotin-qizlarga koʻrsatilgan amaliy yordamlar manzilli tarzda oʻrganildi,
tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan ayollarning sharoitlari koʻzdan
kechirildi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar bilan suhbatlar oʻtkazilib,
ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammo va takliflari tinglandi. 

Oʻrganish natijalari asosida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, ularni
qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish boʻyicha masʼulga
amaliy taklif va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 4