Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Haftalik ish reja asosida

Haftalik ish reja asosida Hamkorlik – muammolar yechimi .Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid Yo'ldoshevich tuman Kengashining ish rejasiga asosan, tuman Adliya bo'limida bo'lib, "Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan yaqindan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrda 741-sonli “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan. Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida amaliy ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida, Kengash kotibiyati mudiri J.Raximqulov hamda “Madad” NNT tuman bosh mutaxassisi U.Boboyorov ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi qabuli tashkil etildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda har bir murojaatchining muammosi diqqat bilan tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va huquqiy tavsiyalar berildi. Asosiy e’tibor aholining huquqiy savodxonligini oshirish va murojaatlarni joyida, tezkorlik bilan ko‘rib chiqish uchun ikki tashkilotning imkoniyatlarini birlashtirishga qaratildi. Bu kabi hamkorlikdagi qabullar davlat organi va nodavlat sektorning birgalikdagi harakati fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda qanchalik samarali ekanini yana bir bor isbotlamoqda. Zero, tuman Kengashi va “Madad” tashkilotining hamjihatlikdagi faoliyati mahalliy aholining muammolarini bartaraf etish va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1