Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda jamiyatda ma’rifatni keng targ‘ib qilish, yoshlarni turli yot g‘oya va zararli oqimlar ta’siridan asrash, milliy hamda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash kabi dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi. Tadbir davomida deputatlar va tuman otinoyilar o‘z chiqishlarida ilm-ma’rifatning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, jaholatning salbiy oqibatlari, ma’naviy tarbiyaning yosh avlod kamolotidagi ahamiyati haqida mazmunli va hayotiy misollar asosida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Shuningdek, tadbirda Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri M. Kadirov, tuman Kengashi deputati P. Razzakova hamda tuman Kengashi yoshlar maslahat guruhi a’zosi I. Kadirovalar ham ishtirok etib, bugungi kunda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahamiyati, yoshlar bilan ishlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish zarurligi haqida o‘z fikrlarini bayon etdilar. Ular tomonidan yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash har birimizning muhim vazifamiz ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 2