Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
#96_ta_qonun ✅ ✅ Zartepa mahallasida xotin-qizlarni himoya qilishga doir qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat E.Abdusalomov, tuman hokimining Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Chinarova, shuningdek tegishli tashkilotlar xodimlari bilan birgalikda Zartepa mahallasida o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni ijrosi holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, mahallada xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Jarayon davomida muammoli oilalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, oilalardagi nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablari, ajrimlarga olib kelayotgan omillar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, himoya orderlari berilishi, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ular bilan ishlash tizimining holati ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga zarur tavsiyalar berildi, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4