Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
QISHLOQ MUAMMOLARI OʻRGANILDI VA YECHIMI NAZORATGA OLINDI

 QISHLOQ MUAMMOLARI OʻRGANILDI VA YECHIMI NAZORATGA OLINDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Axmadaliyeva tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov bilan birgalikda Madaniyat mahalla
fuqarolar yigʻinida aholi murojaatlari va mavjud muammolarni oʻrgandi. 

Oʻrganish jarayonida, xususan, Sharq Yulduzi va Yangi chek qishloqlaridagi infratuzilma
bilan bogʻliq muammolar, aholini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash
masalalariga, “ijtimoiy himoya yagona reyestri” roʻyxatiga kiritilgan oilalarga
alohida eʼtibor qaratildi.  

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni ijrosini taʼminlash doirasida, deputat tashabbusi
bilan tuman hokimligi tomonidan sotib olib berilgan elektr tayanch ustunlarini
oʻrnatish ishlari joyida koʻzdan kechirildi va bu borada masʼul tashkilotlarga
aniq tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, ichki koʻcha yoʻllarining holati, ularni taʼmirlash va obodonlashtirish
ishlarini jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi. Kam taʼminlangan oilalarni
qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning manzilliligi
va samaradorligini oshirish masalalari ham deputat eʼtiborida boʻldi. 

Yuqoridagi masalalarni ijobiy yechimi boʻyicha deputat tomonidan mahalla masʼullariga
tavsiyalar berildi va nazoratga olindi.  

Slide 1 of 3