Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
ITTIFOQ MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

 ITTIFOQ MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri R.Nodirov hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilovlar tomonidan tumandagi Ittifoq
mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla mas’ullari ishtirokida aholi muammolari
o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor mahalla fuqarolari bilan bevosita muloqot o‘tkazish
orqali ularni qiynayotgan muammolarni aniqlashga qaratildi. Jumladan, kommunal
xizmatlar sifati, elektr ta’minoti, yo‘llar holati, ichki infratuzilma hamda
aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fuqarolarning
fikr-mulohazalari tinglandi. 

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilot
va mahalla mas’ullariga aniq vazifa va tavsiyalar berildi. Murojaatlarni
ijobiy hal etish, fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish va amalga
oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida
ta’kidlandi.  

Slide 1 of 4