Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev raisligida doimiy komissiya raisi va a’zolari hamda O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

#Kengash_faoliyati #1_chorak #hisobot #Eshituvlar #Xalqbilanbirga

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev raisligida doimiy komissiya raisi va a’zolari hamda O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qo'shma yig'ilish “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida aholi bilan yaqin muloqotni ta’minlash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topish, shuningdek, ta’sirchan deputatlik hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan muhim amaliy qadam bo‘ldi.

✈️ Eshituv davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbari Jobirjon Siddiqov tomonidan joriy yilning birinchi choragida bajarilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

✈️ Shuningdek, mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, aholi muammolarini manzilli hal etish va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada Andijon shahar mahallalar uyushmasi rahbari Ziyoviddin Asranov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

Muhokamalar jarayonida mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, aholi murojaatlariga tezkor va sifatli javob berish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 7