Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili

Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash bugungi kunning ustuvor vazifasidir. Shu munosabat bilan, Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan “yo‘l xaritalari”da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning joylardagi ijrosi atroflicha o‘rganilmoqda.

Mazkur o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi bosh mutaxassisi K.Abdullayeva, tuman "Adolat" SDP raisi Sh.Xaitov hamda tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi mutaxassisi K.Sagizov ishtirok etib, hududlardagi yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdilar.

“Yangihayot” mahallasida zamonaviy xizmat ko‘rsatish maskani

O‘rganishlar davomida “Yangihayot” mahallasida faoliyat boshlagan “CHORIBOBO MARKET” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyiha alohida e’tirof etildi. Ayni damda bu yerda zamonaviy andozadagi To‘yxona va restoran majmuasini tashkil etish ishlari qizg‘in pallaga kirgan.

 Ushbu yangi majmuaning ishga tushirilishi mahalla ahli uchun nafaqat yangi dam olish maskani, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi bilan ham ahamiyatlidir. Mutaxassislar tomonidan loyihani o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Termiz tumanining har bir mahallasida mana shunday bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi tuman iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga va aholi farovonligining oshishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6