Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati F. Qurbonov tomonidan 15- XUMO saylov okrugida joylashgan Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

Tashrif davomida maktabda yo‘lga qo‘yilgan turli yo‘nalishdagi to‘garaklar, ularning faoliyati va o‘quvchilarni jalb etish darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan imkoniyatlar va yaratilgan muhitga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilganidek, to‘garaklar o‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.

O‘rganish jarayonida to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qamrovini kengaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shu bilan birga, maktab jamoasi bilan muloqot o‘tkazilib, ta’lim va tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun yanada qulay muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Bunday o‘rganish ishlari yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va iqtidorini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4