Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Hurriyat-1 mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Hurriyat-1 mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Abduhakim Hamzayev tomonidan haftalik ish reja asosida hurruyat-1 mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar, ularni hal etish yo‘llari hamda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Deputat o‘z nutqida mahalla yettiligining hududdagi islohotlarni joylarda samarali amalga oshirishdagi o‘rni muhim ekanini ta’kidladi.

📊 Muloqot jarayonida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, xususan yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish, tibbiy xizmat sifati va aholi murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi.

🛠 Shuningdek, mahalladagi infratuzilma masalalari — ichki yo‘llar, tungi yoritish, kommunal xizmatlar, chiqindilarni olib chiqish, ko‘p qavatli uylar holati hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati yuzasidan mahalla yettiligi a’zolari bilan fikr almashildi. Deputat bu borada hududdagi har bir masala manzilli o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishini qayd etdi.

🔺 Uchrashuvda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, bepul dorilar ta’minoti, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🤝 Yakunda deputat tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, har bir yo‘nalish bo‘yicha tizimli nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi

Slide 1 of 4