Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Qadrli madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!

#tabrik #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

✨ Qadrli madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!

💐 Sizlarni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

🎨 Jamiyatimizda yuksak ma’naviy muhitni shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va boy madaniy merosimizni kelajak avlodga yetkazishda sizlarning o‘rningiz beqiyosdir. Sizlar o‘z iste’dodingiz, yuksak mahoratingiz va fidokorona mehnatingiz bilan xalqimiz qalbiga ezgulik, go‘zallik va ilhom ulashib kelmoqdasiz.

🏛 Bugungi kunda yurtimizda madaniyat va san’atni rivojlantirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada sizlarning xizmatlaringiz alohida e’tirofga loyiqdir.

🌟 Hurmatli soha vakillari! Sizlar o‘z ijodingiz va fidokorona mehnatingiz orqali nafaqat san’atni rivojlantirib, balki yosh avlod qalbida yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik va go‘zallik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilmoqdasiz.

💖 Sizlarni ushbu kasb bayrami bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, ijodingizda yangi yutuqlar tilayman. Faoliyatingizda doimo ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R.Kalanov

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)