Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 24-Ushot saylov okrugidan saylangan deputat I.Ro‘ziyev tomonidan okrug hududida joylashgan 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Jondor tumani kengashi raisi L.Behbudova va kotibiyat mudiri I.Xolovlar ishtirok etdilar 

Uchrashuv davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarini samarali tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartibi yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilganidek, hududdagi ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda manzilli yordam ko‘rsatish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ayrim masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida deputatlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda manzilli ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdilar.

Deputat I.Ro‘ziyev saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tuman melioratsiya bo‘limi boshlig‘i M.Alimov nomiga 14.04.2026 yilda 40-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yubordi.

Slide 1 of 5