Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Deputat bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvat hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida “Tallashqon Invest” MChJ tomonidan barpo etilayotgan 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish maydonida bo‘ldi. O‘rganish jarayonida deputat tomonidan qurilish ishlarining borishi, loyiha asosida bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish materiallarining talab darajasida ekani hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shuningdek, obyektda mehnat qilayotgan ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ham ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgach, hududdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi sezilarli oshishi, ota-onalar uchun qulayliklar yaratilishi ta’kidlandi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat bunyodkorlik ishlari hududud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi.

Slide 1 of 1