Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Uchrashuv Yunusobod tumanidagi “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilib, unda tuman hokimligi vakillari, “Qashqar”, “Matonat” va “Buyuk Turon” MFY raislari, mahalla yettiligi, faollar hamda saylovchilar ishtirok etdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida aholi bilan olib borilgan muloqotlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish, shuningdek infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mahallalarda bajarilgan ishlar bilan bir qatorda, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan ham takliflar ilgari surildi.

📁 Yig‘ilish jarayonida mahalla hududidagi ijtimoiy muhit, xavfsizlik holati yuzasidan ham ma’lumotlar tinglandi. Fuqarolar tomonidan qator murojaatlar bildirilib, jumladan eshitish apparati bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish, talaba farzandlarning kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishda amaliy ko‘mak berish kabi masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat deputat tomonidan alohida nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

🔎 Shuningdek, Nigora Eshmetova 2026-yilning birinchi choragi davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish hamda mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan masalalar muhokamasida qatnashganini qayd etdi. Uchrashuvdan so‘ng deputat mahalla xodimlari bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

📉 Yig‘ilish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha taklif va murojaatlar tegishli yo‘nalishlar kesimida umumlashtirilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilab olindi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 9