Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Oʻzbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyatini yanada soddalashtirish maqsadida “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunga muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Endi maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari keng vakolatga ega bo‘lib, ularning faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish tizimi sezilarli darajada soddalashtiriladi. Shu bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayoni tezlashtiriladi, yer uchastkalari va bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi, loyihalarning biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinadi.

Qonun maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini direksiyalarga yuklatishni nazarda tutadi. Bu esa hududlarda investitsiyalarni jalb etishni osonlashtiradi, yangi ish oʻrinlarini yaratadi va aholining daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar orqali maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini joylashtirish, yer uchastkalari va binolarni ajratish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va daromadlarni shakllantirish jarayonlari yanada samarali boshqariladi.

Ushbu Qonun 2024-yil 16-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 21-sentabrda Senat tomonidan maʼqullangan va rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi. Bu esa mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va hududlarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.