Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
PF-17-SON FARMONI: XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA QANDAY VAKOLATLAR BERILDI?

PF-17-SON FARMONI: XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA QANDAY VAKOLATLAR BERILDI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF-17-son Farmoni bilan aholini ijtimoiy himoya qilish hamda hududlardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari yanada kengaytirildi.

Mazkur farmonga muvofiq, Kengashlar zimmasiga quyidagi muhim vazifalar yuklatildi:

Yangi jamg‘arma ustidan nazorat

Tuman va shahar hokimliklari huzurida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma hududlardagi ijtimoiy va infratuzilma muammolarini hal etishga yo‘naltiriladi.

Mablag‘larni taqsimlash vakolati

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Bu esa mahalliy muammolarni hal etishda deputatlik nazoratini kuchaytirish, qarorlarning ochiq va adolatli qabul qilinishini ta’minlaydi.

Endilikda hududlardagi dolzarb masalalarni hal etishda deputatlar tashabbusi va Kengash qarorlari asosiy o‘rin tutadi.