Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 4-Farhod saylov okrugi deputati Akrom Bo‘tayev tomonidan "Navro‘z" mahallasida mahalla yettiligi ishtirokida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-Madaniyat saylov okrugi deputati Asqarali Odilov ham ishtirok etib, hududda mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan kelib tushgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, murojaatlarning ijrosini ta’minlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Bunday ochiq muloqotlar hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tizimli hal etish, aholi bilan samarali aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3