Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati J.Rasulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni o‘rganilib, uning joylarda ijrosi tahlil qilindi.

Xususan, qonunning 30-moddasida belgilangan shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish tartibiga amal qilinishi masalasi alohida e’tiborga olindi.

🩺 Mazkur modda talablariga ko‘ra:

• Fuqarolar har qanday davolash-profilaktika muassasasida shoshilinch tibbiy yordam olish huquqiga ega;

• Tibbiyot xodimlari shoshilinch yordam ko‘rsatishi shart va bundan bosh tortganlik uchun javobgarlik mavjud;

• Tez tibbiy yordam maxsus xizmatlar orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

• Zarurat tug‘ilganda bemorni yetkazish uchun har qanday transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi.

🔍 O‘rganish davomida mazkur qonun talablariga amal qilinishi, aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari muhimligi qayd etildi.

⚖️ Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash — ustuvor vazifa bo‘lib, qonun ijrosini ta’minlash barchamizning mas’uliyatimizdir. 

Slide 1 of 4