Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova, deputatlar M.Gaipov, M.Sarimova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari S.Begmatov, H.To‘rayev tomonidan tuman davlat kadastr bo‘limida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mazkur masala navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilganligi sababli deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish hamda nazorat-tahlil tadbiri amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur masala yuzasidan tegishli xulosalar navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 6