Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
DEPUTATLAR NAZORATIDA: REPRODUKTIV SALOMATLIK, ZAMONAVIY TIBBIYOT VA SHAFFOFLIK!

Shu doirada, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayevlar shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazdilar.

💬Tadbirning asosiy e’tibori O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to'g'risida”gi (O'RQ-528, 11.03.2019) Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishga qaratildi.

💬Nazorat davomida:

🔅Poliklinikada aholiga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, ayniqsa, reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar atroflicha o‘rganildi.

🔅Sohada korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mexanizmlar tahlil qilindi.

🔅Zamonaviy tibbiyotdagi yangiliklar, jumladan, raqamli texnologiyalar joriy etilayotgani, masalan, virtual yordamchi "Muxlisa" orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bilan tanishildi. Bu kabi innovatsiyalar tibbiy xizmatni yanada qulay va tezkor qiladi.

🔅Profilaktik choralar, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, "Fito bar burchagi" kabi tashabbuslar ham e’tibordan chetda qolmadi.

🔅Deputatlar tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, aholi murojaatlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdilar.

🔅Poliklinikaning umumiy holati, binoning qulayligi, lift mavjudligi va boshqa infratuzilma masalalari ham ko'zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud ijobiy tajribani kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi shahar aholisi salomatligini ta’minlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, qonunlar ijrosini nazorat qilish va sohada shaffoflikni ta’minlash yo‘lida doimiy faoliyatini davom ettiradi!

Slide 1 of 10