Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Tumanda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi, mart oyiga belgilangan media-reja, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi PF-17-son Farmoni hamda 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosan tumanda istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lmagan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilab olingan vazifalar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O. Babayev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi S. Madjitov, kotibiyat xodimi M. Tursunbayeva tomonlaridan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A. Inagamov ishtirokida joylarga chiqqan holda o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida tumanda istiqomat qiluvchi 6 nafar 1-guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lmagan fuqarolar xonadonlarini tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan energiya tejamkor qilib ta’mirlash bo‘yicha belgilab olingan ishlar ro‘yxati ko‘zdan kechirildi.

🔷Nogironligi bor fuqarolar xonadonlarida qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7