Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Zomin milliy tabiat bog‘i hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda ekilgan daraxt ko‘chatlarining holatini baholash maqsadida keng qamrovli monitoring tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur monitoring jarayonida bog‘ning ilmiy bo‘lim xodimlari, hududiy davlat ekologik nazorati inspektorlari, shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y. Safarov, tuman Kengashi deputati H.Xazratqulov va boshqa mas’ullar faol ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida bog‘ hududidagi asosiy ko‘chat yetishtirish va ekish maskanlari, xususan, Usmonlisoy aylanmasi hamda Yetti kechuv soy hududlarida joylashgan ko‘chatxonalar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ushbu hududlarda qarag‘ay, terak, tuya archa, oq qayin kabi manzarali va iqlim sharoitiga mos daraxt turlarini yetishtirish, ularni ochiq maydonlarga ko‘chirish hamda agrotexnik talablar asosida parvarishlash ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, ekilgan va parvarish qilinayotgan ko‘chatlarning umumiy holati qoniqarli darajada ekani, sug‘orish tizimi, oziqlantirish va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari belgilangan me’yorlar asosida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Shuningdek, mas’ul xodimlarga ko‘chatlarning barqaror o‘sishini ta’minlash, ularni mavsumiy parvarishlash ishlarini yanada kuchaytirish hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4