Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Marg‘ilon shahrida aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasidagi ishlar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, “20-Terak tagi” saylov okrugidan saylangan shahar Kengashi deputati Madaminov Rustam Tojimatovich o‘z hududida o‘rganishlar olib bordi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan Marg‘ilon shahar “Terak tagi” MFY hududidagi bir qator dolzarb muammolar ko‘tarildi. Jumladan: — Istiqbol, Yangiobod, Maftumquli hamda M. Turg‘unboyeva ko‘chasining bir qismida yangi transformator punkti (TP) o‘rnatish; — M.Turg‘unboyeva va Turon ko‘chalarining ayrim hududlarida qo‘shimcha TP qurish; — Hududga 20 dona yangi simyog‘och o‘rnatish; — Ma’rifat, Turon va Istiqbol ko‘chalaridagi mavjud simyog‘ochlarni zamonaviy SIP kabellari bilan ta’minlash zarurligi bildirildi.

Deputat tomonidan ushbu masalalar atroflicha o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda murojaatlar kiritilishi va muammolarni bosqichma-bosqich hal etish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4