Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Vodil MFYda “Ijtimoiy ko‘cha”ni tashkil etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi

Vodil MFYda “Ijtimoiy ko‘cha”ni tashkil etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi

Farg‘ona tuman Kengashining qarori ijrosini ta’minlash va uning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida Vodil MFY Marg‘ilon ko‘chasining 800 metr qismini “Ijtimoiy ko‘cha”ga moslashtirish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz piyodalar yo‘lagini tashkil etish masalasi yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati boshchiligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbirida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Raximov, kotibiyat bosh mutaxassisi O.Dadajonova, tuman hokimligi mas’ul xodimi U.Abduqodirov hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vakili O‘.Sattorov ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlar, piyodalar yo‘laklarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etish, harakatlanish uchun qulay infratuzilmani shakllantirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur nazorat tadbirlari qaror ijrosini samarali ta’minlash, aholi, ayniqsa nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | YouTube