Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Karmana tumanida vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini belgilash masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Karmana tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi mas’ul xodimi tomonidan 2025 yil vegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini o‘zgartirish bo‘yicha kiritilgan taklif yuzasidan axborot berildi.

Muhokama jarayonida tuman Kengashi deputatlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga belgilanayotgan suv taqsimoti ayrim hollarda belgilangan me’yordan ortiq belgilangani qayd etildi. Shu munosabat bilan har bir fermer xo‘jaligining suvga bo‘lgan yillik ehtiyojini inobatga olgan holda qayta hisob-kitob ishlarini amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.Muhokamalar yakunida suv limitlarini qayta ko‘rib chiqish hamda tegishli o‘zgartishlar kiritilgan holda masalani tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha taklif ma’qullandi.

Slide 1 of 3