Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman deputatlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.Kun tartibida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan:

2026-yilda aholini doimiy ishga joylashtirish, daromadini oshirish hamda ish o‘rinlarini soyadan chiqarish (legallashtirish) orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida Karmana tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari U.Hasanovning hisoboti tinglandi

Karmana tumanida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini tadbirlarga yo‘naltirish to‘g‘risida Karmana tumani Moliya va iqtisodiyot bo‘limi hisoboti tinglandi.

Karmana tumanida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, hamda og‘ir mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida Karmana tumani tuman moliya va iqtisodiyot bo‘limi hisoboti tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida Karmana tuman qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi boshlig‘i J.Savridinovning hisoboti tinglandi

Karmana tumani mahalliy byudjetining 2026-yil yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida Karmana tumani tuman moliya va iqtisodiyot bo‘limi hisoboti tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida Karmana tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori hisobotlari tinlandi

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 7