Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
#96_qonun 📚 Huquqiy axborot to‘g‘risidagi qonun targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Laziz Kuvondikov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-443-son Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir Ishtixon tumanidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi. Unda qonunning asosiy maqsadi – aholiga huquqiy axborotni yetkazish tizimini takomillashtirish, fuqarolarning qonun hujjatlaridan xabardorligini oshirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar bilan muloqot o‘tkazilib, huquqiy axborot manbalari, xususan qonun hujjatlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda ularning amaliy ahamiyati haqida fikr almashildi.

Slide 1 of 3