Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Deputat sayi harakati bilan “EMU” universiteti binosi qarshisida kuzatilayotgan tirbandlik holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rildi

Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan “Xalqlar do‘stligi” va “Dilobod” mahalla fuqarolari tomonidan “EMU” universiteti binosi qarshisida kuzatilayotgan tirbandlik holatlari yuzasidan murojaat yuborilgan edi. 

Ushbu masala yuzasidan xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Iskakov Doniyor Maxmudovichning deputat so‘roviga tegishli joydan rasmiy javob keldi. 

Ushbu javobda: 

mazkur murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Chilonzor tumani Qatartol 1-tor ko‘chasida joylashgan “EMU” universiteti qarshisida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda tirbandliklarni kamaytirish maqsadida jami 4 ta 3.27 “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgilari o‘rnatilgani ma’lum qilindi. 

Shuningdek, IIBB YXHB 4-batalon xodimlari tomonidan mazkur manzilda maxsus reyd tadbirlari o‘tkazilib, o‘rnatilgan yo‘l belgilari va yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgani haqida ma’lum qilindi.