Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Kengash_faoliyati

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Xalmatov Isoqul Amandavlatovich "Gulbog'" mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, mahallada mavjud muammolarni hal etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda deputatlar va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Uchrashuv deputat tomonidan mahallada uchrayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, aholi murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, mahalladagi ishlarni yanada faollashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda mavjud masalalarga tizimli yondashuv asosida yechim topish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4