Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Budjet mablag‘lari – qat’iy nazorat ostida

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyat mudiri B. Xamrayev hamda 18-Talliota saylov okrugidan saylangan deputat F. Sidiqov Toyloq tumani Obodonlashtirish boshqarmasida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — 2025-yil davomida mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanish holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Jarayon davomida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, ajratilgan mablag‘larning yo‘naltirilishi, bajarilgan ishlarning sifati va samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, moliyaviy intizomga rioya etish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, korrupsiya holatlarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.                                                                                                                                                                                    

t.me/_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2