Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi qarori ijrosi yuzasidan

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi qarori ijrosi yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvar kungi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi qarori ijrosi yuzasidan Quvasoy shahridagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida targ‘ibot va profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur haftalikning asosiy maqsadi aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, huquqbuzarliklarning oldini olish, nizoli oilalar, ishsiz fuqarolar va ayollar bilan manzilli ishlash, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishdan iborat.

Haftalik davomida mahalla hududida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar, tushuntirish ishlari, huquqiy maslahatlar hamda profilaktik suhbatlar tashkil etilmoqda. Tadbirlar orqali aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar ishtirokida aniq chora-tadbirlar belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasidagi tadbirlar tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar hamkorligida amalga oshirilib, mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlash, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda aholi bilan bevosita muloqotni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1