Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.

Shahrisabz shahar “Oqila ayollar” harakati rahbari, Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 9-Alpomish saylov okrugi deputati, Ishaliyeva Rohila Qoʻziyevna tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan nizoli oilalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir “Ajrim — yechim emas” shiori ostida o‘tkazilib, unda oilani saqlab qolish, o‘zaro hurmat va murosaning ahamiyati, farzandlar taqdiriga mas’uliyat bilan yondashish masalalari muhokama qilindi.

Deputat o‘z nutqida oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishda sabr, muloqot va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, bunday uchrashuvlar jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Mazkur tadbir ajrimlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni asrash va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi.

telegram

Slide 1 of 3